Yuqoriga

  • Malibu

    Chevrolet Malibu - bu Chevrolet kompaniyasidan interyerning sifatli qismlari, yuqori xavfsizlik darajasi va birinchi toifali yurish qismi tasnifiga ega bo‘lgan yangi yetakchi sedan. Malibu kuzovining mustahkamligi bo‘yicha o’rta o’lchamdagi boshqa sedanlardan ustun turadi. Shuningdek, yo‘lda harakatni aniq nazorat qilish uchun ajoyib boshqariluvchanlikka ega. Bundan tashqari, boshqaruv mexanizmining yuksak darajada ishlanganligi ohista harakatlanishni ta'minlaydi.

  • Captiva

    Chevrolet Captiva - bu hammabop yo‘ltanlamas va oilaviy ixcham avtomobilning o‘zaro noyob uyg‘unlashuvi natijasidir. Avtomobil noodatiylikni ifodalovchi tashqi qiyofasi: jo‘shqinligi va xushbichimligi jihatidan bemalol boshqa avtomobillar bilan raqobatlasha oladi. 3 l. sig‘imga ega dvigatel 258 ot kuchiga teng quvvat bilan ta'minlay oladi. Xavfsiz va qulay yo‘ltanlamas avtomobilning hammabopligini va omilkorligini qadrlaydiganlar uchun Chevrolet Captiva eng ajoyib tanlov. Avtomobilning yuqori darajada jihozlangan sifatli saloni yo‘ltanlamasning ashaddiy ishqibozlarini befarq qoldirmaydi. Captiva krossoveri zamonaviy oilalar uchun maxsus ishlab chiqarilgan.Haqiqiy yo‘ltanlamas - Captivaning mustahkamligi, ishonchliligi va kengligi sizga ajoyib imkoniyatlarni taqdim etadi..

  • Lacetti GENTRA

    Agar sizga avtomobilning tashqi ko‘rinishi muhim bo‘lsa u holda Lacetti aynan siz uchun. To‘g‘ri mutanosiblik, silliq forma, bo‘rttirib ishlangan chiziqlar bir-biriga hamohang tarzda savlatli interyer va eksteryerga ega avtomobil. Lacetti zamonaviy va shinam saloniga besh nafar insonni juda qulay joylashtira oladi. Uskunalar paneli haddidan oshmaydigan xilma-xil uslublari ajralib turadi. Xrom bilan ishlov berilgan qismlar va qurilmalar mukammal joylashtirilgan. Avtomobilning yurish qismi jiddiy sinovlardan o‘tkazilgan hamda mukammal darajaga yetkazilgan.Lacetti kuzovining zamonaviy dizayni Italiyaning mashhur Pininfarina avtomobil atelyesi mehnatining mahsulidir. Bodomsimon oldchiroqlar va uzun ohista chiziqlar kishini o‘ziga tortadigan shaklni hosil qiladi. Kelishgan dizaynga ega 4 eshikli Lacetti avtomobili keng saloni bilan birga bu shunchaki oddiy oilaviy sedan emas.

  • Cobalt

    Chevrolet Cobalt - bu GM korporatsiyasining Braziliy filialidagi dizaynerlar tomonidan GM avtomobillarini loyihalashtirish jarayonida dunyo miqyosidagi standartlardan foydalangan holda yaratilgan oilaviy sedan. Mutlaqo yangi Cobalt dunyo avtomobil bozorida xaridorgirligi bo‘yicha o‘z sinfidagi yetakchi avtomobil bo‘lishi uchun GM ning butun dunyodagi ishchilar jamoasi tomonidan loyihalashtirilgan. Chevrolet Cobalt qulaylik, nafislik va yuksak dinamik xususiyatlar hamda eskirmaydigan an'anaviy klassik dizaynni o‘zida jamlagan. Avtomobil eng yuqori xavfsizlik darajasini ta'minlashi uchun kuzov yuqori sifatli po‘latdan ishlangan, ABS (blokirovkaga qarshi to‘xtash tizimi) va haydovchi va uning yonidagi yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

  • Nexia 3

    Нексия – один из самых стильных и доступных автомобилей в компакт классе, сочетающий в себе привлекательный спортивный облик и просторный комфортный салон. Он легкий в управлении с высокотехнологичной системой безопасности. Качественные материалы внутренней отделки продуманы до мелочей. Вместительное багажное отделение позволит взять с собой в поездку все самое необходимое, не отказывая себе ни в чем.

Шаблоны для Joomla 3 здесь

GM-Uzbekistan avtomobillari

Bugun savdoda

 

 

jYsh1508

 

 

Foydali havolalar